
Zafarmurod Abdirahmatov: Qatardagi Osiyo kubogini eslashni istamayman!
O‘zbekiston terma jamoasi va "Nasaf" klubi futbolchisi Zafarmurod Abduraxmatov Sports.uzga intervyu berdi.
"Nasaf"ni 3 so‘zda ta’riflab bering!
"Avvalambor, Assalomu alaykum! Meni intervyuga taklif qilganizga uchun sizga raxmat aytaman. Bundan juda xursandman. Birinchi savolizga javob beradigan bo‘lsam, "Nasaf" jamoasini 3 ta so‘z bilan ta’riflab berishning iloji yuq. Lekin tariflash majburiy bo‘lsa, "Nasaf"ga o‘xshashi yo‘q" degan bo‘lardim.
Ro‘ziqul Berdievning faoliyatingizda tutgan o‘rni qanchalik muhim?
Albatta, mening futbolchilik faoliyatimga Ro‘ziqul Berdievning qo‘shib kelayotgan hissasi juda katta. Hozirda ham o‘zlaring hissalarini qushib kelmoqdalar. Chunki katta futbolga o‘tishimga asosiy sababchi bo‘lgan insonlardan biri hisoblanadi.
2024 yilda butun Qashqadaryo kutgan tarixiy chempionlikka erishildi. Mana shu chempion tarkibda siz ham borsiz. Bu qaysidir ma’noda omadmi? Jamoaning bir bo‘lagi sifatida o‘zingizdan qanchalik ko‘nglingiz to‘ldi?
Qashqadaryo ahli uchun 2024 yil ajoyib keldi. Chunki qashqadaryoliklar 27 yil kutgan chempionlik aynan shu yilda sodir bo‘ldi. Superliga bosh sovrinini qo‘lga kiritishda o‘zimni ozmi-ko‘pni xissamni qo‘shaganimdan juda xursandman. Bu har bir futbolchiga huzur baxsh etadi. Biroq o‘tgan mavsumdan unchalik ko‘nglim to‘lmadi. Sababi ba’zi bir o‘yinlarni jarohat tufayli o‘tkazib yubordim.
Siz yana bir tarix yozilishida o‘z hissangizni qo‘shdingiz. O‘zbek futboli tarixida Timur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston U23 terma jamoasi Olimpidada ishtirok etdi. Bu qanaqa hissiyotlar berdi?
Albatta, har bir futbolchi uchun Olimpiadada ishtirok etish faxr tuyg‘usini uyg‘otadi.Chunki buni biz ko‘p yillardan beri orzu qilardik va bu orzuni amalga oshirdik. Bu hissiyotlarni so‘z bilan ta’riflashning imkoni yo‘q.
2024 yilda juda zich taqvim o‘tkazdingiz. Dastlab, terma jamoa bilan Osiyo kubogiga bordingiz. Keyinchalik Parij Olimpiadasi yo‘li bosib o‘tildi. Yil so‘ngida jamoa bilan chempionlik!
Yo‘q, 2024 yilda zich taqvim o‘tkazdim, deb o‘ylamayman. Bu har bir futbolchida bo‘ladigan narsa. Bularning hammasi o‘zim uchun faqat foyda. Terma jamoa bilan Osiyo kubogi, Olimpiada va "Nasaf" bilan chempionlik - bularning hammasi ajoyib his-tuyg‘u beradi.
Ro‘ziqul Berdiev va Timur Kapadze qo‘l ostida o‘ynagansiz. Ikki mutaxassisning qanday farqlari va o‘xshashliklari bor?
Faoliyatim davomida Ro‘ziqul Berdiev hamda Temur Kapadze qo‘l ostida birga ishlaganman. Hozirda ham birga ishlab kelyapman. Ikkalasi ham o‘ziga xos murabbiy sanaladi. Ular O‘zbekistonning eng yaxshi mutaxassislaridan va ular bilan ishlash har doim faxr. Ularning qo‘l ostida shug‘ullangan har bir futbolchi o‘sishga erisha oladi. Bu ikkala murabbiyning ham o‘zining qarashlari bor, o‘zining fikrlari va prinsiplari mavjud. Albatta Kapadze va Berdiev qo‘l ostida shug‘ullanish menga juda yoqadi.
U-20dagi yorqin o‘yinlaringiz sabab Srechko Katanets sizni ilk marta O‘zbekiston MTJga chaqirgan edi va Qatarga olib ketdi. Mazkur turnirda siz ko‘pchilik kutgan zaxira o‘rindig‘idagi asosiy rolda emas, bir qancha muhim o‘yinlarda o‘ynadingiz. Ushbu musoabaqani bir yodga olsangiz?
Milliy terma jamoa bilan bo‘lgan Qatardagi Osiyo kubogini unchalik eslashni xohlamayman. Chunki, men u turnirda o‘zimga kerakli bo‘lgan saboqlarni olib bo‘ldim va o‘zimga etarlicha tajriba orttirishga erishdim.
Sizga terma jamoa eshiklarini ochgan Katanets haqida nima deya olasiz?
Qatardagi turnirda jamoa bosh murabbiy bo‘lgan Srechko Katanets haqida gapiradigan bo‘lsam, Srechko bilan ishlash men uchun juda yoqimli bo‘ldi. U bilan ko‘p ishlamaganman. Biroq u ajoyib mutaxassis. O‘z ishining ustalaridan biri hisoblanadi.
Ayni damda Katanets terma jamoadan ketdi. Uning o‘rniga kelgan Kapadze bilan oldin ishlagansiz. Umuman Kapadze bilan bilan yig‘in qanday bo‘ldi?
Iordaniya davlatida tashkil etilgan yig‘inda dastlab biz Katanetsning qo‘l ostida yig‘ilishimiz kerak edi. Afsuski, uni o‘zi ishtirok etmagan bo‘lsada. Keyinchalik bizga sog‘ligidagi muammolari tufayli uning mazkur yig‘inga kelmasligini aytishdi.
Undan so‘ng esa terma jamoa murabbiyligidan ketganligi ma’lum bo‘ldi. Katanetsning keyingi ishlariga omad tilab qolamiz. Uning o‘rniga Temur Kapadze bosh murabbiy etib tayinlandi. Kapadze bilan birga yig‘inni davom ettirdik va yig‘in yaxshi o‘tganligi ta’kidlashim kerak. Iordaniya terma jamoasi bilan bo‘lgan o‘yin ham o‘ziga yarash qiyin kechdi. Ularga munosib tarzda qarshilik ko‘rsatdik.
Fikrlar