Zafarbek Akramov nega aynan bu jamoani tanlaganini aytdi

  • 14 dekabr, 2023, 16:11
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Qo‘qon-1912" klubi matbuot xizmati jamoaning yangi futbolchisi Zafarbek Akramov bilan qisqa intervyu tashkil etdi. Intervyuda himoyachi "Qo‘qon-1912"dan bo‘lgan taklif, maqsad va qo‘qonlik muxlislar haqida fikr bildirdi.

Tecno

- "Qo‘qon-1912" bosh murabbiyi Muxsinjon Nizomiddinov taklif qildilar. Ular bilan gaplashganimdan so‘ng jamoa bilan shartnoma imzolashga qaror qildim.

"Qo‘qon-1912" jamoasidan tashqari yana bir qator klublardan takliflar bo‘ldi, biroq menga aynan qo‘qonliklarning taklifi ma’qul keldi. Men jamoaga Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga yordam bermoqchiman.

photo_2023-12-14_16-03-44

Maqsadim - yangi jamoam bilan katta natijalarga erishish. Menga "Qo‘qon-1912" jamoasi rahbariyati va murabbiylarining ishonchi yoqdi.

Qo‘qonlik muxlislarni qattiq xurmat qilaman, xudo xohlasa, muxlislar o‘ylagan o‘yini ko‘rsatishga va ularning ishonchini oqlashga harakat qilaman.

Shuningdek, kirib kelayotgan yangi yil bilan barchani tabriklab qolaman va "Qo‘qon-1912" jamoasini kelasi yil Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritishini istab qolaman, - dedi futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!