"Yuventus"ning yana bir futbolchisi Qatar klubiga o‘tdi
Qatarning “Al-Duxayl” klubi “Yuventus” hujumchisi Xan Kvan Son bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
Eslatib o‘tish lozimki bundan avvalroq “Al-Duxail” “keksa sinora”dan Mario Manjukich va Medxi Benatiya kabi futbolchilarni sotib olgan edi. Shimoliy koreyalik futbolchi esa bu borada 3-bo‘ldi.
Ayni damda ushbu jamoaga Joze Mourinoning sobiq yordamchisi Ruy Fariya bosh murabbiylik qilmoqda.
Ma’lumot uchun, 21 yoshli Son A Seriyada gol urgan ilk shimoliy koreyalik futbolchi hisoblanadi. U 2017 yildan buyon “Yuventus” a’zosi hisoblanar edi.



Fikrlar