"Yuventus"ning sobiq futbolchisi okean ortiga jo‘nab ketadi

  • 11 iyun, 2020, 11:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Fenerbaxche” klubi himoyachisi Maurisio Isla faoliyatini o‘z qit’asida davom ettiradigan bo‘ldi.

Tecno

Turk klubi rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, 31 yoshli chililik futbolchi bilan tuzilgan shartnoma tomonlar roziligi bilan muddatidan avval bekor qilingan. Ushbu kelishuv 1,5 oydan so‘ng tugashi kerak edi.

Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, Isla hozirda “Boka Xuniors” klubi bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Unda shuningdek, Chilining “Universidad Katolika” klubidan ham takliflar bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!