"Yuventus"ning asosiy hujumchisi 1,5 oydan buyon koronavirusdan tuzala olmayapti. Endi nima bo‘ladi?

  • 29 aprel, 2020, 11:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi forvardi Paulo Dibala so‘nggi 1,5 oy ichida 4 marta koronavirusni aniqlash bo‘yicha test topshirdi.

Tecno

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 26 yoshli argentinalik futbolchi hali ham ushbu virusdan to‘liq forig‘ bo‘lmagan. Uning so‘nggi marta topshirgan testi ham musbat natija bergan. Endi Dibala katta ehtimol bilan virus tomonidan ishlab chiqarilgan antikorlarning mavjudligini tahlil qilish uchun qon topshiradi.

Dibalada Covid-19 virusi ilk bor 21 martda aniqlangan edi. Ushbu virus uning sevgilisi Oriana Sabatinida ham aniqlangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Бахтиёр Тоштемиров
29/04/2020 21:22
Tezroq sog‘ayib ket dibala
Бахтиёр Тоштемиров
29/04/2020 21:21
Unga salomatlik tilaymiz