
"Yuventus"ning asosiy himoyachilaridan biri safga qaytdi
“Yuventus” himoyachisi Aleks Sandroning koronavirusga qarshi topshirgan so‘nggi 2 ta testi manfiy natija berdi.
Shu sababli braziliyalik futbolchi bugun SPALga qarshi bo‘ladigan Italiya kubogi chorak final uchrashuvida jamoasiga yordam berishi mumkin. Ta’kidlash kerakki, kecha Sandro 30 yoshga to‘ldi va koronavirusdan sog‘aygani uning tug‘ilgan kuniga haqiqiy sovg‘a bo‘ldi deyish mumkin.
Aleks Sandro joriy mavsum 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golga assistentlik qildi. Uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar