"Yuventus"ni Italiya terma jamoasining sobiq murabbiyi boshqarishi mumkin

  • 28 oktabr, 15:55
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" rahbariyati Italiya terma jamoasining sobiq  bosh murabbiyi Luchano Spalletti bilan muzokaralarning yangi bosqichini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Mirko Di Natale xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi uchrashuv bugun bo‘lib o‘tadi. "Keksa senora" 66 yoshli mutaxassisga joriy mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan, keyinchalik esa uzaytirish imkoniyati mavjud bo‘lgan shartnoma taklif qilmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, klub Italiya chempionatining so‘nggi turida safarda "Latsio"ga 1:0 hisobi bilan mag‘lub bo‘lib, murabbiy Ivan Tudorni iste’foga chiqargan edi. Ayni paytda jamoaning barcha musobaqalar doirasidagi g‘alabasiz seriyasi sakkizta o‘yinga etdi.

Hozirda turinliklar A Seriya turnir jadvalida 12 ochko bilan 8-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!