"Yuventus"ga qarshi o‘yinga qadar "Milan"ning 2 nafar etakchisi safga qaytadi

  • 3 aprel, 2019, 19:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bundan avvalroq “Milan”ning ikki nafar etakchi futbolchisi shanba oqshomida bo‘lib o‘tadigan “Yuventus”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Tecno

Biroq, Sky Sport Italia muhbiri Janluki Di Martsioning xabar berishicha ushbu muhim uchrashuvda Suso va Frank Kesse kabi etakchilar “rossonerilar”ga yordam bera olishadi. Aytish kerakki, ushbu ikki futbolchi jarohati sabab kecha bo‘lib o‘tgan “Udineze”ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishgan edi.

Eslatib o‘tamiz, “Milan” ayni damda 30ta tur yakunlariga ko‘ra 52 ochko jamg‘argan holda A Seriya musobaqa jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!