"Yuventus"ga qarshi o‘yinda "Napoli"ga yozilgan texnik mag‘lubiyat bekor qilinishi mumkin

  • 15 noyabr, 2020, 00:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Italiya milliy olimpiya qo‘mitasi Italiya chempionati doirasida "Yuventus"ga qarshi o‘yinda "Napoli" hisobiga yozilgan texnik mag‘lubiyatni bekor qilishi mumkin.

Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Italiya sport huquqshunoslari o‘tkazilmagan o‘yin sabablarini yana bir bor o‘rganib chiqmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, futbolchilar orasida koronavirus aniqlangani sabab, “Napoli” Turindagi o‘yinga kelmagan edi. Natijada, neapolliklarga “Yuventus”ga qarshi uchrashuvda ishtirok etmagani uchun texnik mag‘lubiyat yozildi va bundan tashqari, ularning hisobidan bir ochko olib qo‘yildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!