
"Yuventus"ga "Chelsi" himoyachisi kerak
Londonning "Chelsi" klubi himoyachisi Emerson Palmeri "Yuventus"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra turinliklar 25 yoshli braziliyalik futbolchini yozgi transferlar davrida sotib olishmoqchi. Ta’kidlashlaricha Emerson “Yuve”ning asosiy chap qanot himoyachisi Aleks Sandroga munosib raqobatchi bo‘lishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Emerson joriy mavsum “Chelsi” safida 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar