"Yuventus"ga Braziliyadan zo‘r hujumchi kelmoqda

  • 1 avgust, 2021, 11:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyaning “Santos” klubi hujumchisi Kayo Jorje faoliyatini “Yuventus”da davom ettiradi. Bu haqda italiyalik jurnalist-insayder Nikolo Skira xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Turin klubi 19 yoshli braziliyalik futbolchi bilan 2026 yilga qadar shartnoma imzolaydi. Ushbu kelishuvga asosan Kayo “keksa sinora”da yiliga bonuslardan tashqari 1,5 mln evro maosh oladi.

Kayoning “Santosa” bilan amaldagi shartnomasi joriy yil oxiriga qadar imzolangan va shu sababli u Turinga yil oxirida erkin agent sifatida ko‘chib o‘tishi mumkin. Biroq “Yuve” uni hozir sotib olish uchun Braziliya klubiga 2,5 mln evro va Kayoning kelgusi transferidan 5 foiz miqdorda bonus berishga tayyor.

Kayo Jorje joriy mavsum Braziliya chempionatida 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!