
"Yuventus"da jiddiy o‘zgarishlar bo‘ladi
"Yuventus"ning muvaffaqiyatsiz mavsumi klub rahbariyatidagi global o‘zgarish bilan yakun topishi mumkin. Amaldagi prezident Andrea Anelli deyarli barcha klublar tashkil etilganidan ikki kun o‘tib tark etgan Evropa Superligasini tashkil qilishda ishtirok etdi va klub obro‘siga putur etkazdi.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, Andrea Pirlo har qanday holatda ham mavsum yakunlangach jamoani tark etadi va uning o‘rniga Massimiliano Allegri “Yuve”ga qaytadi. Ta’kidlash lozimki, Allegri “keksa sinora”dagi 5 yillik faoliyati davomida 5 marta A Seriyada, 4 marta Italiya kubogida va 2 marta Italiya Superkubogida g‘olib chiqdi. Bundan tashqari, “Yuventus”ni ikki marta Chempionlar ligasi finaliga olib chiqdi.
Allegrining qaytishi ikki yil oldin uning ketishida asosiy rol o‘ynagan Pavel Nedved va Fabio Paratichining avtomatik iste’fosi bilan boshlanadi. “Yuventus”ning yangi sport direktori lavozimiga Marchello Lippi nomzodi ko‘rib chiqilmoqda.
“Yuventus” 33 turdan so‘ng A Seriya musobaqa jadvalida 66 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar