Mourino “Yuventus”ning yana bir yulduzini chaqirdi

  • 8 iyun, 2022, 14:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” bosh murabbiyi Paulo Dibaladan tashqari “Yuventus” yarim himoyachisi Xuan Kuadradoning ham Rimga kelishini istayapti. Bu haqda Calciomercato nashri  xabar tarqatmoqda.

Tecno

34 yoshli kolumbiyalik futbolchi yaqinda turinliklar bilan shartnomasini 2023 yilning yarmigacha uzaytirgan edi. Mourino uning erkin agentga aylanishini kutmasdan, kelasi mavsumgacha transferni amalga oshirmoqchi.

Kuadrado 2015 yildan beri “Yuventus”da to‘p tepyapti. Mohir yarim himoyachi shu kunga qadar barcha musobaqalarda 267 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasiga 24 ta to‘p kiritgan va jamoadoshlarining 61 ta goliga hammuallif bo‘lgan.

“Roma” bu transferni uddalashi uchun 10 million evro atrofida xarajat qilishi kerak bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!