"Yuventus" yozda PSJ yulduzini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 12 aprel, 2023, 13:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" rahbariyati yozgi transfer oynasida tarkibni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. TodoFichajes xabariga ko‘ra, PSJ yarim himoyachisi Marko Verratti "keksa sinora"ning qiziqishi doirasida bo‘lgan.

Tecno

Italiyalik futbolchining agenti "Yuventus" vakillari bilan yaxshi munosabatda bo‘lib, bu turinliklarga kelishuvga erishishda yordam berishi mumkin. Lekin hozirda PSJ 30 yoshli futbolchi bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti.

Marko Verrattining Parij klubi bilan amaldagi shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. Nufuzli transfermarkt portali ekspertlari yarim himoyachini 50 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!