
"Yuventus" yozda Fekirni sotib olishga urunib ko‘radi
"Lion" klubi xavbeki Nabil Fekir faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
L'Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli frantsiyalik futbolchining xizmatlariga "Yuventus"dan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Uning transferi esa 70 mln evroga baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, Fekir joriy mavsum Frantsiya chempionatida jami 26ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar