“Yuventus” yaqin orada ikkita tajribali futbolchi bilan shartnoma imzolaydi

  • 3 iyul, 2022, 08:19
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yarim himoyachi Pol Pogba va hujumchi Anxel Di Mariya tez orada "Yuventus"ga o‘tadi, deya xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.

Tecno

Manbaga ko‘ra, Turin klubi kelasi hafta 29 yoshli frantsiyalik va 34 yoshli argentinalik futbolchi bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qiladi. Har ikki futbolchi jamoaga erkin agent sifatida qo‘shiladi.

Di Mariya o‘tgan mavsumda PSJ safida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta gol va 9 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Pogba esa “Manchester Yunayted”ning barcha musobaqalar doirasidagi 27 bahsida ishtirok etib, 1 gol va 9 assistga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!