
"Yuventus" Xedirani ko‘ndira olmadi
Germaniyalik yarim himoyachi Sami Xedira "Yuventus"da qoladigan bo‘ldi. Bu haqda jurnalist Romeo Agresti o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, turinliklar Xedira bilan amaldagi shartnomani muddatidan avval bekor qilish bo‘yicha kelisha olmagan. Aniqrog‘i, “Yuve” Xedira uchun 3 mln tovon puli taklif qilgan, ammo futbolchi undan ikki barobar ko‘p pul talab qilgan.
33 yoshli Xedira “Yuventus” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 145 ta o‘yinda maydonga tushdi va 21 ta gol hamda 13 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar