"Yuventus" Tonali uchun o‘z futbolchisidan voz kechmoqchi!
Italiyaning "Yuventus" klubi "Nyukasl" yarim himoyachisi Sandro Tonalini o‘z saflariga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi "Juvelive".
Manbaga ko‘ra, turinliklar "qarg‘alar"ga o‘z yarim himoyachisi Tyon Kopmeynersni taklif qilib, evaziga Sandro Tonalini olishni rejalashtirayotgani aytilmoqda.
Avvalroq Tonali "Yuventus" uchun markazdagi ustuvor transfer maqsadi sifatida qayd etilgan edi.
Joriy mavsumda 27 yoshli Kopmeyners barcha musobaqalarda 7 ta o‘yinda maydonga tushgan va hali gol yoki assist qayd etmagan. Shu bilan birga, 25 yoshli Tonali APL hamda Chempionlar ligasida 9 marta maydonga tushib, 2 ta golli uzatma amalga oshirgan.



Fikrlar