
“Yuventus” tarkibni tubdan o‘zgartiradi. Nishonda o‘nta futbolchi
“Yuventus” rahbariyati tarkibini yoshartirishga qaror qildi. Tuttosport nashri tarqatan ma’lumotga ko‘ra, turinliklar o‘nta futbolchini taklif qilmoqchi. Ularning aksariyati iste’dodli yosh o‘yinchilardir.
Turin superklubi hujumda rangbaranglikni oshirish uchun “Sassuolo”dan Domeniko Berardi va “Shaxtyor Donetsk”ning hujumkor futbolchisi Georgiy Sudokovni ro‘yxatga kiritdi.
Asosiy o‘zgarishlar yarim himoya chizig‘ida bo‘lishi kutilyapti. Maydon markazidagi pozitsiyalarga “Nitstsa”dan 22 yoshli Kefren Tyuram, “Borussiya Myonxengladbax”dan 22 yoshli Manu Kone, “Udineze”dan 21 yoshli Lazar Samarjich, “Antverpen”dan 18 yashar Artur Vermeeren va “Strasbur”dan 19 yoshli Habib Diarra, “Lion”dan 18 yoshli Muhammad Diavara hamda 20 yoshli Rayar Sherki olib kelinadi.
Ular qatoriga “Tottenxem”dan tajribali o‘yinchisi Per-Emil Xyoybergni qo‘shib olish rejasi ham bor.
Fikrlar