“Yuventus” superto‘purar uchun Dibaladan voz kechadi

  • 26 oktabr, 2020, 11:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turin klubi rahbariyati yozgi transferlar vaqtida “Liverpul” to‘purari Muhammad Salohni xarid qilishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Misrlik hujumchini olib kelish uchun “Yuventus” rahbariyati argentinalik Paulo Dibaladan voz kechishga tayyor.  Pirlo jamoasi xo‘jayinlari Dibalani 100 million evro evaziga “Real”ga transfer qilmoqchi. Dibala ayni paytda “Yuventus”da asosiy tarkibga kira olmayapti. Shuningdek, yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarda ham tomonlar bir to‘xtamga kela olmadi.

Muhammad Saloh bilan “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp o‘rtasiga sovuqchilik tushgani haqida ham xabarlar tarqatilgan edi. Salohning o‘zi ham liverpulliklar safini tark etishga rozi.

Qolaversa, “Liverpul” yozda Kilian Mbappeni olishga harakat qiladi. Klopp frantsiyalik futbolchi aynan Muhammad Salohning o‘rnini egallashini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!