
"Yuventus" so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga g‘alaba qozondi
A Seriya 12-turidan o‘rin olgan "Yuventus" - "Fiorentina" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur o‘yinda maydon egalari 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Bellashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda Kuadradoning urgan goli bahs taqdirini hal qildi.
Ushbu natijadan so‘ng turinliklar hisobidagi ochkolar sonini 18 taga etkazib olib, A Seriya turnir jadvalida 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Florentsiyaliklarda ham 18 ochko bor. Ular to‘plar nisbatiga ko‘ra, "keksa sinora"dan bir pog‘ona balandda joylashgan.
Fikrlar