
"Yuventus" Sanchoni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda
"Manchester Yunayted"ni tark etishi kutilayotgan Jeydon Sancho uchun kurashda "Yuventus" klubi favorit bo‘lib turibdi.
Uni turinliklar 40 million evroga sotib olish bandi bilan ijaraga olish bo‘yicha "qizil iblislar"ga taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi insayder Di Martsio.
Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Italiya klubi yaqin soatlar ichida futbolchining agentlari bilan aloqaga chiqdi. Klub rostan ham Jeydonni o‘z safiga qo‘shib olish ustida ishlamoqda. Ammo vingerning maoshi klub uchun muammo bo‘lishi mumkin.
Sancho o‘tgan mavsumning yarmini "Borussiya"da o‘tkazdi. Ayni paytda u "Manchester Yunayted" tarkibida bo‘lib turibdi. 24 yoshli inglizning jamoasi bilan shartnomasi 2026 yilgacha tuzilgan.
Fikrlar