
"Yuventus" Runini tarkibga qo‘shib olmoqchi
"Yuventus" "Kopengagen" vingeri Runi Barjini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda "Calciomercato" nashri xabar tarqatdi.
Manbaning yozishicha, "keksa senoralar"ning skautlari "Kopengagen"ning "Bavariya"ga qarshi o‘yinini stadiondan kuzatgan. Barjining transfer narxi 4 million evroga baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, 18 yoshli Runi joriy mavsum 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta golni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar