
“Yuventus” Ronaldusiz o‘ynashni o‘rganyapti
“Yuventus” bosh murabbiyi Andrea Pirlo jamoasi Chempionlar ligasining “Dinamo Kiev”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvida Krishtianu Ronaldusiz ham hujumda yaxshi o‘ynaganini ta’kidladi.
- Men hujumda ko‘p o‘yinchi o‘ynashini istayman. Keza har ikki qanotda to‘p tepa oladi. Kulusevski va Remzi hujumchi ortida harakat qilishi mumkin. Dibala bahslarga to‘liq tayyor emas. Ronaldu borligini ham unutmaslik kerak. Hujum strukturasi o‘zgarishi mumin. Bunda o‘yinchilarni to‘g‘ri pozitsiyaga qo‘yish muhim, - deydi Pirlo.
Kievliklarga qarshi uchrashuvda hujumda to‘p surgan Alvaro Morata dubl qayd etib, turinliklarga muhim g‘alaba keltirdi.
Fikrlar