"Yuventus" Ronaldudan ustun!"

  • 30 oktabr, 2021, 15:30
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" prezidenti Andrea Anelli mavsum avvalida "Manchester Yunayted" safiga borib qo‘shilgan Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.

Tecno

"Yuve" safida dunyoning eng ya’shi futbolchisini ko‘rish sharaf va baxt edi. Biz Krishtianuni faqat olqishlashimiz mumkin. Achinarlisi, u bizning tarkibimizdagi 3 mavsumdan bir yarim yilini tomoshabinlarsiz stadionda o‘tkazdi.

"Keksa senora" libosi doim mas’uliyatli bo‘lishni talab qiladi. "Yuventus" har qanday futbolchidan ustun. Hech kim almashtirib bo‘lmaydigan figura emas!",-deya Anelli so‘zlarini keltirmoqda "Football Italia" nashri.

Ronaldu turinliklar safiga 2018 yilning yozida "Real"dan borib qo‘shilgan. Bu vaqt oralig‘ida 134 uchrashuvda maydonga tushgan hujumchi 101 bor raqiblari darvozasini ishg‘ol etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!