"Yuventus" Raboni qishda sotmaydi

  • 26 dekabr, 2019, 09:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi frantsiyalik yarim himoyachisi Adrien Raboni joriy qishki transferlar davrida sotmaydi. Bu haqda Telefoot nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 24 yoshli futbolchi “keksa sinora” safida etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lolmayotganidan norozi bo‘lmoqda.

“Yuventus” Raboni yozgi transferlar davrida sotib, imkon qadar qo‘proq pul ishlab olmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Lion” Raboni ijaraga olmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Rabo joriy mavsum “Yuventus” safida jami 12 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!