
"Yuventus" Raboga o‘rinbosar topdi
"Yuventus" mavsum yakunida shartnomasi tugaydigan va erkin agentga aylanadigan yarim himoyachi Adrien Raboga munosib o‘rinbosar qidirishni boshlab yubordi.
Calciomercatoweb nashriga ma’lum bo‘lishicha, Turin klubi frantsiyalik futbolchi o‘rniga "Lester" yarim himoyachisi Yuri Tilemansni sotib olishni rejalashtirmoqda. E’tiborlisi, 25 yoshli belgiyalik futbolchining ham “tulkilar” bilan tuzgan shartnomasi yozda nihoyasiga etadi va u erkin agentga aylanadi. Shu tariqa, “keksa sinora” Tilamsni tekinga qo‘lga kiritishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Yuri Tilemans "Lester"dan oldin "Anderlext" va "Monako" jamoalarida to‘p surgan. Transfermarkt portali futbolchini 40 million evroga baholamoqda.
Fikrlar