"Yuventus" Pogbani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi va unga muhim "signal" yubordi!

  • 16 mart, 2023, 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha 15 mart kuni “Yuventus” yarim himoyachisi Pol Pogba tavallud ayyomini nishonladi. Frantsiyalik futbolchisi shu kuni 30 yoshga to‘ldi.

Tecno

“Keksa sinora” nafaqat Pogbani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi, balki klubning futbolchi bilan xayrlashish istagi haqidagi mish-mishlari fonida unga muhim “signal” ham berdi.

“Bugun Pol Pogba 30 ta shamni o‘chiradi. U buni "Frayburg"ga qarshi Evropa ligasi o‘yiniga yo‘l olgan jamoa tarkibida nishonlagan bo‘lardi, ammo afsuski, bu imkonsiz. Shuning uchun biz faqat Polni quchoqlab, uning biz uchun qanchalik muhimligini eslatmoqchimiz. Uning maydonga qaytishi eng yaxshi sovg‘a bo‘lishini bilamiz”, - deyiladi klub xabarida.

Xabaringiz bor, o‘tgan kuni Pol Pogba yana lazaretga tushdi. "Yuventus"ga qaytganidan so‘ng frantsiyalik futbolchi faqatgina 2 ta o‘yin o‘tkazdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!