
"Yuventus" Pogba bilan xayrlashganini qachon e’lon qiladi?
"Yuventus" frantsiyalik yarim himoyachi Pol Pogba bilan hamkorlikni to‘xtatganini qachon rasman e’lon qilishi ma’lum bo‘ldi. Jurnalist Kave Solxekolning xabar berishicha, bugun, 15 noyabr kuni "Yuventus" matbuot xizmati 31 yoshli futbolchi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganini ma’lum qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Pogba 2023 yilning sentyabrida antidoping qoidalarini buzgani uchun futboldan chetlatilgan edi. Ammo frantsiyalik futbolchi ppellyatsiyada g‘alaba qozondi va Sport arbitraj sudi (CAS) uning jazo muddatini 18 oyga qisqartirish bo‘yicha qaror chiqardi. Endi u 2025 yilning mart oyidayoq maydonga qaytishi mumkin. Biroq turinliklar Pogbaning xizmatlariga ortiq ehtiyoj sezishmayapti.
Futbolchining "Yuventus" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha imzolangan. Tajribali yarim himoyachiga Saudiya Arabistoni, Angliya va boshqa mamlakatlardan qiziqish borligi aytilmoqda.
Fikrlar