
"Yuventus" o‘z safiga "Chelsi" himoyachisini qo‘shib olmoqchi
Turinning "Yuventus" klubi "Chelsi" himoyachisi Emersonni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “keksa sinora” rahbariyati 24 yoshli italiyalik futbolchini mavsumlar oralig‘ida jamoadan ketishi kutilayotgan Aleks Sandroga munosib o‘rinbosar sifatida qaramoqda. Biroq, FIFAning “aristokratlar”ga qo‘ygan transfer ta’qiqi sabab turinliklarning bu rejasi amalga oshmasligi mumkin.Chunki, londonliklar ta’qiq sabab Emerson o‘rniga munosib futbolchi sotib ololmasliklari mumkin.
Ma’lumot uchun, “Chelsi” Emersonni 2018 yil 2 mln evroga sotib olgan edi. U o‘tgan mavsum 10ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar