
“Yuventus” o‘tgan yili olgan futbolchisidan qutilish yo‘lini izlamoqda
“Yuventus” o‘ziga kerak bo‘lmay qolgan Aaron Remzini “Manchester Yunayted”dan Pol Pogba yoki “Chelsi”dan Jorjinoni olishda transferga qo‘shmoqchi.
Bundan tashqari, turinliklar agar jo‘yali taklif bo‘lsa, Remzini sotib yuborishga ham tayyorligini bildirgan.
O‘tgan yili “Yuventus”ga kelgan uelslik futbolchi 15 ta uchrashuvda 3 ta gol urgan bo‘lsa-da, o‘yini Mauritsio Sarriga ma’qul kelmadi.
Fikrlar