“Yuventus” “Oltin to‘p” sohibiga taklif yubordi

  • 15 aprel, 2022, 17:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” yarim himoyachisi Luka Modrich “Yuventus”dan taklif oldi. Turinliklar tajribali futbolchini erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Ayni paytda xorvatiyalik yulduzning agentlari “Qirollik klubi” mutasaddilari bilan yangi shartnoma bo‘yicha olib borayotgan muzokaralari samara bergani yo‘q. Ular klub o‘yinchining maoshi borasidagi taklifini yaxshilashni talab qilmoqda.

Agar tomonlar kelisha olmasa, Modrich yozda o‘ziga  boshqa klub topishi kerak bo‘ladi.

Sentyabr oyida Modrich 37 yoshga to‘ladi. Shunga qaramay, “Oltin to‘p” sohibi yuqori sport formasini saqlab turibdi. Xususan, Chempionlar ligasining chorak finalida “Chnelsi”ga qarshi Madriddagi uchrashuvda golli pas oshirgan Luka jamoasining keyingi bosqichga chiqishiga juda katta hissa qo‘shdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!