"Yuventus" muxlislari buni 1,5 oy kutishdi

  • 6 may, 2020, 22:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" klubi hujumchisi Paulo Dibala nihoyat koronavirusdan to‘liq sog‘aydi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Argentinalik futbolchi yana test topshirgan va bu safar u manfiy natija bergan. Aytish kerakki, bungacha u 4 marta test topshirgan va ularning bari musbat chiqqan edi. Unda Covid-19 virusi 21 mart kuni aniqlangan edi.

26 yoshli Dibala joriy mavsum “Yuventus” safida 34 ta o‘yinda maydonga tushdi va 13 ta gol hamda 12 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!