"Yuventus" Moratani ortga qaytarayotganini tasdiqladi (video)

  • 22 sentabr, 2020, 12:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Yuventus" klubi "Atletiko"dan sobiq hujumchisi Alvaro Moratani ortga qaytarayotganini ma’lum qildi.

“Keksa sinora” matbuot xizmati 27 yoshli ispaniyalik futbolchining Turinga etib kelgani haqidagi videoni e’lon qildi. Bugun Morata “Yuve” safida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shartnoma imzolaydi.

Bundan avvalroq, A Seriya chempioni Moratani keyinchalik 45 mln evroga to‘liq sotib olish huquqi bilan 10 mln evro evaziga bir yilga ijaraga olishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Alvaro Morata “Yuventus” safida 2014-2016 yillarda to‘p surgan va 93 ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 27 ta gol hamda 18 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!