"Yuventus" Morata o‘rniga zo‘r hujumchi topdi

  • 1 iyun, 2022, 11:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Yuventus" klubi "Marsel" hujumchisi Arkadiush Milikning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda RMC Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Italiya grandi polshalik futbolchini joriy yozgi transferlar davrida o‘z safiga qo‘shib olishni ko‘zlamoqda. Miliy "Yuventus" safida “Atletiko”ga qaytishi kutilayotgan Alvaro Morataning o‘rnini egallashi mumkin.

28 yoshli Milik yakunlangan mavsum "Marsel" safida jmi 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 20 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning frantsuz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!