“Yuventus” MDHning yana bir futbolchisiga xaridor

  • 9 fevral, 2021, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyada Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari futbolchilariga ishonch tobora ortib bormoqda.

Tecno

Eldor Shomurodovga qiziqish bildirgani haqidagi xabarlar tarqatilgan “Yuventus” endi armanistonlik Genrix Mxitaryanni o‘z tarkibiga chorlamoqda. Ayni paytda turinliklar futbolchining “Roma” bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokara jarayonini kuzatib bormoqda. Agar qulay fursat topilsa, “Yuventus” mutasaddilari Mxitaryanning agenti Mino Rayola bilan muzokaraga kirishishni rejalashtirgan.

Turinliklar o‘z maqsadiga etish uchun Mino Rayola bilan do‘stona aloqaga ega ekanidan foydalanib qolmoqchi. Mxitaryaning “bo‘rilar” bilan shartnomasi shu mavsum yakuniga etadi. Biroq, klub uning hozirgi maoshi – 3 million evro evaziga bitimni avtomatik tarzda yana bir yilga uzaytirishi mumkin.

32 yoshli futbolchi joriy mavsum A Seriyada 20 ta uchrashuvda to‘qqizta gol urib, sakkizta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!