
"Yuventus" Kuadradoga yangi shartnoma taklif qilmaydi
"Yuventus" rahbariyati jamoaning kolumbiyalik yarim himoyachisi Xuan Kuadrado bilan amaldagi shartnomani uzaytirmaydi.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga qaraganda, turinliklar Kuadradoning yoshini inobatga olgan holda uni kelajak rejalariga kiritmayapti.
32 yoshli Kuadrado “Yuventus” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 184 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 17 ta gol hamda 35 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar