
"Yuventus" Kuadrado bilan kelishuvga erishdi
Turinning "Yuventus" klubi kolumbiyalik yarim himoyachi Xuan Kuadrado bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni deyarli yakunlash arafasida turibdi.
Tuttosport nashrining xabar berishicha, “keksa sinora” 33 yoshli futbolchi bilan amaldagi kelishuvni 2023 yilning yozigacha uzaytirishga tayyor. Aytish kerakki, tomonlar o‘rtasidagi hozirgi shartnoma 2022 yilning yoziga qadar imzolangan.
Kuadrado joriy mavsum "Yuventus" safida jami 7 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 1 ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar