
"Yuventus" koronavirusga qarshi kurashayotgan Dibala bilan til topisha olmayapti
Turinning "Yuventus" klubi rahbariyati argentinalik hujumchi Paulo Dibala bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Ammo, italiyalik jurnalist Nikolo Sakiraning ma’lum qilishicha, “keksa sinora” va futbolchi o‘rtasidagi muzokaralar ijobiy tomonga ketmayapti.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Dibala “Yuve”dan yiliga 12 mln evro maosh talab qilmoqda. Turinliklar esa unga 10 mln evro maosh va unga qo‘shimcha bonuslar taklif qilishmoqda.
26 yoshli Dibala joriy mavsum “Yuventus” safida jami 34 ta o‘yinda maydonga tushdi va 13 ta gol hamda 12 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.
Koronavirusga chalingan Dibala ayni damda ushbu kasallikdan davolanmoqda.
Fikrlar