"Yuventus" koronavirusga chalingan Dibalani ko‘ndira oldi

  • 9 aprel, 2020, 12:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi argentinalik hujumchi Paulo Dibala bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishdi.

Tecno

Calciomercato nashrining xabar berishicha, 26 yoshli futbolchi bilan imzolanadigan yangi kelishuv 2024 yoki 2025 yilga qadar tuzilgan bo‘ladi. Ushbu shartnomadan so‘ng Dibalaning yillik maoshi 12 mln evroga etadi.

Paulo Dibala “Yuventus” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 216 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 91 ta gol hamda 36 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Dibala ayni damda o‘z yurtida koronavirusdan davolanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!