
"Yuventus" kolumbiyalik futbolchisi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda
Italiyaning «Yuventus» klubi hujumchisi Xuan Kuadrado jamoa bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta Dello Sport nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, turinliklar 31 yoshlik futbolchining agenti bilan ayni paytda muzokaralar o‘tkazishmoqda. Unga ko‘ra Kuadradoning yangi shartnomasi 2022 yilgacha bo‘lishi mumkin.
Muzokaralar oktyabr oyiga qadar hal etilishi kutilmoqda.
Fikrlar