
"Yuventus" klubi bosh murabbiyligiga asosiy nomzod ma’lum. U turinliklar bilan qancha muddatga shartnoma imzolashi ham aniq
"Yuventus" klubi tez orada Andrea Pirloni iste’foga chiqarishi kutilmoqda.
Turinliklar bosh murabbiylikka jamoaning sobiq ustozini qaytarishmoqchi. Massimiliano Allegri "Yuve"ni boshqarishi mumkin. Bu haqda Italiyadagi OAV xabar bermoqda.
Manbalarda yozilishicha, Allegri "Yuventus"ga qaytib, jamoa bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi. Mutaxassis shu vaqt oralig‘ida 36 million evro maosh ishlab topadi.
Italiyalik murabbiy 2014-2019 yilgi mavsumlarda "Yuventus"ga ustozlik qilgan va bir nechta sovrinlarni qo‘lga kiritgandi.
Fikrlar