"Yuventus" Kanseluga MYudan o‘rinbosar topdi
Turinning "Yuventus" klubi "Manchester Siti"ga o‘tishi kutilayotgan portugaliyalik himoyachisi Joau Kanseluga munosib o‘rinbosar topdi.
Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” ushbu joyga “Manchester Yunayted” himoyachisi Matteo Darmianni olib kelmoqchi. Ta’kidlash kerakki, 29 yoshli italiyalik futbolchi ayni damda “qizil iblislar” safida asosan zaxirada qolib ketmoqda va shu bois vataniga qaytishga qarshi emas.
Ma’lumot uchun, Darmian o‘tgan mavsum MYu safida bor yo‘g‘i 6ta o‘yinda ishtirok etdi xolos.



Fikrlar