"Yuventus" Italiya terma jamoasi hujumchisini sotib oldi!

  • 8 mart, 2023, 12:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning “Yuventus” klubi “Everton”dan italiyalik hujumchi Moyze Kinning transfer huquqini sotib oldi, deya xabar bermoqda jurnalist Romeo Agresti o‘zining Tvitter sahifasida.

Tecno

Manbaga ko‘ra, italyan klubi 23 yoshli futbolchi uchun “irischilar”ga 28 million evro to‘lagan. Hujumchining o‘zi esa “keksa sinora” bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan.

Kin joriy mavsum "Yuventus"da ijara asosida o‘ynayotgan edi. U turinliklar safida jami 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning yozida “Yuventus” Kinni “Everton”ga 27 million evro evaziga sotib yuborgandi. Italiyalik futbolchi ingliz klubida o‘z o‘rnini topa olmadi va PSJga ijaraga berildi. Keyinchalik baribir “Yuventus”ga qaytdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!