
"Yuventus" ishonchli tarzda g‘alaba qozondi
A Seriya 18-turidan o‘rin olgan "Bolonya" - "Yuventus" o‘yini yakuniga etdi. Mazkur bahsda turinliklar 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Uchrashuvning 6-daqiqasida Morata hisobni ochgan bo‘lsa, 69-daqiqada Kuadrado oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng Allegri shogidrlari ochkolari sonini 31 taga etkazib olgan holda, Italiya chempionati turnir jadvalida 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 24 ochkosi bor "Bolonya" esa 10-pog‘onani band etgan.
Fikrlar