
"Yuventus" futbolchisi uchun mavsum muddatidan avval yakunlandi
Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Sami Xedira bu mavsum boshqa maydonga tusha olmaydi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 32 yoshli germaniyalik futbolchi o‘ng tizzasidan operatsiya qilingan. Endi u yangi mavsumga qadar davolanishiga to‘g‘ri keladi.
Ma’lumot uchun, Xedira joriy mavsum “Yuventus” safida jami 17ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar