
"Yuventus" futbolchilari Pogba va Vlaxovich maydonga qachon qaytishi ma’lum bo‘ldi
Hujumchi Dushan Vlaxovich va yarim himoyachi Pol Pogba tez orada "Yuventus"ga qaytishi mumkin.
"Sport Mediaset" nashri xabariga ko‘ra, ikkala futbolchi ham jamoaning umumiy guruhida mashg‘ulot o‘tkazishni boshlagan.
Jarohati tufayli serbiyalik futbolchi 25 oktyabrdan beri maydonga tushmadi. "Manchester Yunayted"dan turinliklar safiga kelib qo‘shilgan frantsiyalik futbolchi Pol Pogba esa bu mavsumda hali umuman maydonga tushmagan.
Aynan ikkala futbolchi keyingi o‘yin uchun qaydnomaga kiritilishi aniq ma’lum emas. Ammo bu yanvar oyi oxirida sodir bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Fikrlar