
"Yuventus" frantsuz yulduzini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
"Barselona" hujumchisi, ayni damda "Atletiko" Madridda ijarada o‘ynayotgan Antuan Grizmann faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishi mumkin.
"La Gazetta dello Sport" nashri xabariga ko‘ra, Turin klubi rahbariyati 31 yoshli futbolchi maoshini kamaytirishga rozi bo‘lsa, uni o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor.
Avvalroq Grizmann dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari top-10ligidan joy olgani ma’lum bo‘lgandi.
Fikrlar