"Yuventus" EChL ortidan Italiya kubogini ham tark etdi (Videosharh)

  • 27 fevral, 08:17
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya kubogi doirasida "Yuventus" hamda "Empoli" jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Ushbu bellashuvning asosiy vaqti va ekstra taymlarda 1:1 hisobi qayd etildi. 

24-daqiqada Male hisobni ochdi. 66-daqiqada esa "keksa senora" a’zosi Tyuram muvozanatni tikladi. Shu tariqa, asosiy vaqtda hisob ochilmadi. Shundan so‘ng uchrashuv ekstra taymlar bilan davom ettirildi. Ikki qo‘shimcha bo‘limda ham hisob o‘zgarmaganidan so‘ng tomonlar penaltilar seriyasiga murojaat qildi. Seriyada "Empoli" 4:2 hisobida zafar quchib, turnirdagi yurishini davom ettiradigan bo‘ldi. 

Quyida ushbu o‘yin videosharhini tomosha qilishingiz mumkin: 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!