
"Yuventus" Dibalani Lukakuga almashtirishga tayyor
Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Paulo Dibala mavsumlar oralig‘ida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Italiyalik jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha “keksa sinora” argentinalik hujumchini “Manchester Yunayted” forvardi Romelu Lukakuga almashtirishga tayyor. Ta’kidlash kerakki, so‘nggi paytlarda Dibalaga aynan “qizil iblislar” asosiy da’vogar sifatida e’tirof etilmoqda.
Ma’lumot uchun, Dibala o‘tgan mavsum “Yuventus” safida 42 ta uchrashuvda maydonga tushdi va “gol+pas” tizimi bo‘yicha 16 ochko yozdirib qo‘yishga erishdi. Transfermarkt sayti talqini bo‘yicha uning ayni damdagi transfer narxi 100 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar